Asosiy mazmunga o'tish
TESTLINE

IVD ishlab chiqaruvchi · Namangan · Ulgurji yetkazib berish

Tezkordiagnostikatestlari

Klinika, laboratoriya, shifoxona va distribyutorlar uchun. Kolloid oltin asosidagi tezkor testlar va flyuoressent POCT analizatorlarni 2020-yildan Namanganda o'zimiz ishlab chiqaramiz — import kutilmaydi, hujjatlar seriya bilan beriladi.

katalog pozitsiyasi
68katalog pozitsiyasi
klinik yo'nalish
6klinik yo'nalish
sovutkich kerak emas
2–30 °Csovutkich kerak emas
yildan o'z ishlab chiqarishimiz
2020yildan o'z ishlab chiqarishimiz
STCTESTLINE
Membrana bo'ylab ko'chmoqda…
O'qish vaqti15:00
Kolloid oltin konyugati — test chizig'i shu sababli qizil ko'rinadi.

Ikki texnologiya

Sifat javob va miqdoriy javob

Kolloid oltin testlari — jihozsiz, ko'p oqimli qabul va skrining uchun. FIA platformasi — miqdoriy natija va natijalarni saqlash kerak bo'lgan joyda. Ko'p klinika ikkalasini birga oladi.

6 klinik yo'nalish

Nimani tekshiryapsiz?

Katalog klinik yo'nalishlar bo'yicha tartiblangan. Namuna turi, format yoki o'qish vaqtiga qarab ham toraytirish mumkin.

Butun katalog

Sifat nazorati

Biz uchun sifat — bu hayot

Biz uchun sifat – bu hayot. Kompaniyamiz ISO 9001 va ISO 13485 sertifikatlariga ega bo'lib, mahsulotlarimizning aksariyati O'zbekiston milliy ro'yxatidan o'tgan. Ishlab chiqarish jarayonlari qat'iy sifat nazorati tizimi asosida olib boriladi va yuqori sezuvchanlik, aniqlik hamda ishonchlilik kafolatlanadi.

Qamrab olingan yo'nalishlar

  • Yurak-qon tomir kasalliklari
  • Jigar va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari
  • Yuqumli kasalliklar
  • Yallig'lanish ko'rsatkichlari
  • Giyohvandlik vositalarini aniqlash
  • Boshqa ko'plab klinik yo'nalishlar

Ta'minot

Buyurtma bilan nima keladi

Faqat tashkilotlarga ulgurji yetkazib berish. Chakana savdo olib borilmaydi.

Hujjatlar seriya bilan

Har bir partiya uchun sifat guvohnomasi, foydalanish yo'riqnomasi va sertifikat nusxasi beriladi. Tender uchun kerakli hujjatlar to'plami alohida tayyorlanadi.

Sovutkich talab qilinmaydi

Barcha tezkor testlar 2–30 °C da saqlanadi. Yetkazib berishda sovuq zanjir kerak emas, omborda oddiy javonda turadi.

Mahalliy ishlab chiqarish

Namangandagi o'z ishlab chiqarishimiz. Import kutilmaydi, takroriy buyurtma muddati qisqa, kerak bo'lsa qadoq hajmi kelishiladi.

Yangiliklar

Korxonada nimalar bo'lyapti

Barcha yangiliklar

Buyurtma va savollar

Qaysi test kerakligini birga aniqlaymiz

Kerakli pozitsiyani bilsangiz — to'g'ridan-to'g'ri narx aytamiz. Bilmasangiz — qanday tekshiruv o'tkazayotganingizni ayting, mos testni o'zimiz tanlab beramiz. Dushanba – Shanba, 8:00 – 17:00.