Asosiy mazmunga o'tish
ALC
3D yuklanmoqda…

3D yuklanmoqda…

Giyohvandlik testlari

SALIVATRACER so'lak testi

TESTLINE SALIVATRACER oral fluid drug test

Og'iz suyuqligi5 daqiqa

TESTLINE SALIVATRACER — og'iz suyuqligida (so'lakda) giyohvand moddalarni aniqlovchi ko'p panelli ekspress-test. Namuna shimgichli kollektor bilan bevosita og'izdan olinadi — qon ham, siydik ham shart emas. Kollektor qurilmaga kiritilib, siqish qismi bosilgach test o'zi boshlanadi.

  • Namuna — so'lak: qon va siydik shart emas
  • Namuna shimgichli kollektor bilan bevosita og'izdan olinadi
  • Namuna yetarliligini ko'rsatuvchi indikator
  • Joyida tekshirish uchun qulay
  • Mahsulot qatorida 13 turdagi modda paneli
  • Analizator talab qilinmaydi
+998 91 352 74 74

Ulgurji yetkazib berish — klinika, laboratoriya va distribyutorlar uchun.

Qo'llash tartibi · 3D

6 qadamda natija

Qadamni bosing — 3D model aynan shu bosqichni ko'rsatadi.

Natijani o'qish

Narkotestda mantiq teskari: T chizig'i ko'rinsa — natija manfiy, ko'rinmasa — dastlabki musbat. 3D modelda «Musbat» rejimini tanlab, farqni ko'ring.

Manfiy (−)

C va tegishli T chiziqlari ko'rinadi. Xira yoki ingichka T ham manfiy.

Musbat (+) · dastlabki

C bor, muayyan T yo'q — shu modda bo'yicha. Laboratoriyada tasdiqlanadi.

Yaroqsiz

C chizig'i yo'q — test yo'lagini talqin qilmang, yangi test bilan qayta tekshiring.

Muhim

Bu skrining testi: musbat natija laboratoriya usulida tasdiqlanadi. Testni qo'llash va natijani baholashda mahsulotning qo'llash yo'riqnomasiga amal qiling. Panel tarkibi tanlangan konfiguratsiyaga bog'liq — ro'yxatdagi barcha moddalar bitta testda bir vaqtda aniqlanmaydi.

Spetsifikatsiya

Prinsipi
Immunoxromatografik tahlil (raqobatli)
Format
Kasseta + kollektor
Namuna
Og'iz suyuqligi (so'lak)
O'qish vaqti
5 daqiqa
Natija barqarorligi
20 daqiqadan keyin talqin qilinmaydi
Panellar
Qatorda 13 ta
Ro'yxatdan o'tgan
TJ/M 00896/07/26 (2031-yilgacha)

Foydalanish yo'riqnomasi va seriya hujjatlari har bir partiya bilan beriladi.

Aniqlanadigan moddalar

Mahsulot qatoridagi panellar — qatorda 13 ta.

  • AMPamfetamin
  • METmetamfetamin
  • MDMAMDMA (ekstazi)
  • MEPmefedron
  • α-PVPα-PVP
  • THCkannabis (THC)
  • K2sintetik kannabinoid (K2)
  • COCkokain
  • OPIopiatlar
  • OXYoksikodon
  • MTDmetadon
  • TMLtramadol
  • BZObenzodiazepinlar

Video yo'riqnoma

Qo'llash tartibi videoda

NAM BIOTEST rasmiy kanalidan: qadoqni ochishdan natijani o'qishgacha butun jarayon.

YouTube'da ochish